Foto: rmsothebys.com

RM Sotheby's savdo uyi sentabr oyida Londonda ötkazadigan savdolarga De Tomaso kompaniyasining sönggi avtomobili – Nuova Pantera prototipini qöymoqda. U Marçello Gandini tomonidan işlab çiqilgan. Kontsept uçun 70-90 ming funt sterling (90-116 ming AQŞ dollari) olişni rejalaştirişmoqda.

Nuova Pantera prototipi 1999 yil sentabr oyida De Tomaso kompaniyasining 40 yilligini nişonlaş tantanasida namoyiş qilingan edi. Uning taqdimotini kompaniya asosçisining şaxsan özi Alexandro De Tomazo ötkazgandi. Işlab çiqaruvçi boşqa birorta avtomobil barpo qilmadi, De Tomazoning 2003 yilda vafotidan söng, faoliyatini ham töxtatdi. 

Foto: rmsothebys.com

Kompaniya yopilgaç, prototipni italiyalik avtokolleksioner xarid qildi, ikki yil ötgaç, maşinani hozirgi egasi sotib oldi. Avtomobil saqlaş mobaynida yetgan nuqsonlarni yöqotiş maqsadida birmunça restavratsiya qilingan. 

Şuni ham ta'kidlaş lozimki, prototipning na intereri, na birorta texnik jihozi bor. Biroq RM Sotheby's işonç bildirişiça, De Tomaso markasi muxlislari bu prototipni xarid qilişni xohlaşadi. 

Foto: rmsothebys.com
Foto: rmsothebys.com