Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Di Kaprio «Harvi»dan jabrlanganlarga 1 mln dollar xayriya qildi
Foto: Reuters/Lucy Nicholson
Amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprioning xayriya jamg‘armasi «Harvi» dovulidan jabrlanganlarga yordam berish maqsadida 1 mln dollar o‘tkazib berdi. Bu haqda The Washington Post xabar tarqatgan.
One Way tashkiloti rahbari Brayan Gallaher aktyorga xayriya uchun minnatdorchilik izhor qildi.
«Biz Leonardo Di Kaprio va uning jamg‘armasidan juda minnatdormiz. «Harvi» dovuli tufayli yetkazilgan zarar bizdan eng yaxshisini talab qilmoqda», - dedi u.
Avvalroq Amerika Milliy basketbol assotsiatsiyasi klubi «Hyuston Rokets» «Harvi» dovulidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish jamg‘armasiga 4 mln dollar mablag‘ni o‘tkazib bergani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:07 / 25.02.2026
Kiberfiribgarlik: bemor bolalar uchun xayriya videolari orqali pul yig‘gan shaxs ushlandi
21:57 / 16.02.2026
Ramazon oyidagi xayriya tadbirlariga 1 trillion so‘m ajratiladi
10:36 / 25.08.2025
Homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibi belgilandi
20:18 / 08.05.2025