Özbekiston bundan yigirma olti yil oldin öz taqdirini özi mustaqil belgilaş huquqiga ega böldi. Mustaqil taraqqiyot yöliga çiqdi.
Yigirma olti yil aslida asrlarni qaritgan tarix uçun lahzaga teng. Biroq ana şu yillar xalqimiz uçun neçoğli muhim ahamiyatga ega bölganini bugun har birimiz yurakdan teran his qilamiz. Şu davr mobaynida yangi avlod kamolga yetdi. Eng muhimi, hayoti ma'no-mazmuni, maqsad-muddaosi va ongu dunyoqaraşi tubdan özgargan yurtdoşlarimizni mustaqillikni yanada mustahkamlaş, tinçlik va osoyiştaligimizni köz qoraçiğidek asrab-avaylaş, barkamol avlodni tarbiyalab, Özbekistonning jahondagi obro‘-e'tibori va nufuzini tobora yuksaltirişdek ezgu maqsadlar birlaştirgan.
“Ijtimoiy fikr” jamoatçilik fikrini örganiş markazi mutaxassislari mingdan ziyod respondentlar örtasida ötkazgan galdagi sörov fuqarolarning mamlakatimizda keçayotgan özgarişlarga munosabati hamda ayni çoğdagi kayfiyati bilan yaqindan tanişiş imkonini berdi.
Yurt ravnaqiga daxldorlik tuyğusi
Mustaqillik kuni — xalqimizning eng uluğ, eng aziz ayyomi. Sörov natijalari fuqarolarimizning 94 foizi uşbu bayramni kötarinki kayfiyatda, faxr va iftixor tuyğusi bilan kutib olayotganini tasdiqladi.
Turli yoşdagi, turli millatga mansub barça özbekistonliklar uçun, heç bir istisnosiz, istiqlol — eng oliy qadriyat va ular öz taqdirini, kelajagini Vatandan ayro tasavvur qilolmaydi. E'tiborlisi, xalqimizda yurt ravnaqi uçun daxldorlik, şuningdek, mas'uliyat tuyğusi sezilarli ravişda ösdi. Buni respondentlarning 80,4 foizi qayd etdi.
Aytiş joizki, mutlaq köpçilikning fikriça, mas'uliyat tuyğusi har bir işga vijdonan yondaşiş, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol iştirok etiş, ona-Vatanga hamişa xizmat qilişga tayyor böliş hamda qonunlarga bölgan hurmatida özining amaliy ifodasini topadi.
Ötkazilgan tadqiqot yurtdoşlarimiz, xususan, yoşlarda vatanparvarlik tuyğusi yuksak ekanini ham körsatdi. Qatnaşçilarning 86,8 foizi ötgan yigirma olti yil mobaynida fuqarolarda vatanparvarlik darajasi ösdi, deb hisoblaydi.
Barça yutuqlarimiz omili
Sörovda iştirok etganlarning mutlaq katta qismi — 97,3 foizi mamlakatda tinçlik va xavfsizlikni saqlaş, ijtimoiy-siyosiy, millatlararo, dinlararo va harbiy ixtilof hamda ziddiyatlarning yöqligi, xalqimizning osuda hayoti mustaqilligimizning boş yutuği hisoblanişini ta'kidladi. Millatlararo totuvlik hukm surayotgani, tillar, madaniyatlar va an'analar rivoji Özbekistonning öziga xosligidir.

















