«Mustaqil davlat asosçisi, boş me'mori». Özbekistonliklardan Islom Karimovning mamlakat rivojidagi örni haqida söraldi
|00:55 / 31.08.201780 99211 min
Foto: Hukumat portaliFoto: Hukumat portali
Özbekiston hukumat portalida Birinçi Prezident Islom Karimovning vafotiga bağişlangan maqola naşr etildi. Unda Islom Karimov faoliyati haqida «Ijtimoiy fikr» markazi tomonidan ötkazilgan sörov natijalari keltirildi.
Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti, öz umrini elu yurt ravnaqiga bağişlagan Islom Karimov vafot etganiga sanoqli kunlardan söng bir yil töladi.
Birinçi Prezidentimiz mustaqil davlatimiz asosçisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, özbek xalqining fidoyi, sadoqatli farzandi sifatida xotiramizda mangu yaşaydi.
«Ijtimoiy fikr» jamoatçilik fikrini örganiş markazi tomonidan Özbekistonning Birinçi Prezidenti xotirasi kuni arafasida ötkazilgan sörov bu insonning mustaqil davlatimiz rivojida tutgan örni haqida hamyurtlarimizning fikrlarini aniqlaş imkonini berdi. Unda mamlakatimiz hududlarida yaşovçi turli millatga mansub aholi barça qatlami vakillaridan iborat 1100 kişi iştirok etdi.
Mustaqil davlat asosçisi, boş me'mori
Ötkazilgan sörov şuni körsatdiki, 25 yil davomida Özbekiston Prezidenti bölgan Islom Abduğaniyeviç Karimovning vafoti haqidagi xabarni köp millatli xalqimiz çuqur qayğu bilan qabul qildi. Binobarin, Birinçi Prezident mamlakatimizning har bir fuqarosi uçun qadrdon va aziz kişiga aylangan edi.
Islom Karimov özining köp qirrali siyosiy faoliyati hamda olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning köp asrlik tarixida öçmas iz qoldirdi. Sörovda özbekistonliklarning mutlaq köpçiligi — 98,8 foizi Birinçi Prezidentni mustaqil davlatimiz asosçisi deb hisoblaydi. Ular ta'kidlaganidek, Birinçi Prezident Özbekiston xalqi uçun yangi davlatni barpo etişdek tarixiy qaror qabul qildi hamda milliy tiklanişning ötiş davridagi mas'uliyatni va maşaqqatni zimmasiga oldi.
Sobiq tuzumdan ajralib çiqqan boşqa davlat rahbarlaridan farqli ölaroq, Islom Karimov öz xalqini qurbonlarsiz va «rangli» inqiloblarsiz milliy taraqqiyot yöliga boşladi. 96,5 foiz respondent fikriça, Islom Abduğaniyeviç «Mamlakat hayotining barça sohasidagi özgarişlarning boş islohotçisi va ğoyaviy ilhomçisi» edi. Uning davlatimizni modernizatsiyalaş böyiça ğoyalari, fikru qaraşlari mamlakatni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy toptiriş strategiyasining nazariy hamda amaliy asosi böldi.
Şuningdek, mustaqillikka erişilgan paytdan boşlab Özbekiston Islom Karimov rahbarligida Markaziy Osiyodagi asosiy davlat sifatida mustahkam qaror topdi, ham içki siyosatda, ham xalqaro maydonda katta muvaffaqiyatlarga erişdi, özini mintaqadagi va umuman, jahondagi xavfsizlikning faol tarafdori sifatida namoyon qildi. Buni tadqiqotning 95,6 foiz iştirokçisi qayd etgan.
Mavzuga oid
Sobitqadam va bosqiçma-bosqiç
Mazkur sörovda Birinçi Prezidentimizning hayoti va faoliyatining eng muhim davrlari xususida ham jamoatçilik fikri örganildi. Respondentlar Islom Karimovning yölboşçilik hamda insoniylik fazilatlari 1989–1991 yillarda yaqqol namoyon bölganini ta'kidlagan. Ma'lumki, bu davrda Özbekiston çuqur ijtimoiy-iqtisodiy muammolar girdobida qolgan edi.
Ötgan asrning 80-yillari oxirlarida sobiq Ittifoqda tanazzul jarayoni tezlaşdi, köp yillar davomida hal qilinmagan muammolar xalqning sabr kosasini töldirdi va bu ijtimoiy larzalarga hamda milliy adovatga olib keldi. Ana şunday murakkab davrda Islom Karimov fuqarolarda ijtimoiy adolat va kelajakka işonçni qayta tiklay oldi, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning haqiqiy mohiyatini, ildizini oçib berib, millatlararo munosabatlarni barqarorlaştirdi, Özbekistonda tinçlik hamda osoyiştalikni ta'minladi.
Sörov iştirokçilari 1992–2000 yillarni Özbekiston davlatçiligining şakllanişi va mustahkamlanişi bilan boğliq tarixiy davr, deb hisoblaydi. Birinçi Prezidentning bevosita rahbarligida demokratik talablarga hamda xalqaro mezonlarga töla javob beradigan Konstitutsiyamiz işlab çiqildi.
Fuqarolar fikriça, 2001–2010 yillarda davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatini şakllantiriş, 2010–2016 yillarda iqtisodiyotni modernizatsiyalaş hamda mamlakatni rivojlantirişning yangi bosqiçida Birinçi Prezident şaxsining roli va ta'siri muhim böldi.
Bosqiçma-bosqiç hamda keng kölamli islohotlar natijasida xalqning turmuşi yaxşilandi, soğliqni saqlaş, ta'lim va sport sohalarida yuksak muvaffaqiyatlarga erişildi, iqtisodiyot, sanoat, qişloq xöjaligi tarmoqlari rivojlandi, xalqaro maydonda Özbekistonning obrösi oşdi.
Ezgu ğoyalarning hayotbaxş samarasi
Ijtimoiy sörovda «Zamonamizning buyuk davlat arbobi Islom Abduğaniyeviç Karimov tomonidan ilgari surilgan qaysi fikrlar, ğoyalar hamda taşabbuslar, Özbekistonni yangilaş, rivojlantiriş va gullab-yaşnatişga qaratilgan qaysi siyosiy qarorlar, sizning fikringizça, eng muhim hisoblanadi?» degan savolga mutlaq köpçilik, ya'ni 93,4 foiz iştirokçi taraqqiyotning «Özbek modeli» deb javob berdi. Uşbu model erkin, adolatli, demokratik davlat barpo etişga yordam beruvçi, aholini ijtimoiy himoya qilişni ta'minlovçi bozor iqtisodiyotiga bosqiçma-bosqiç ötişni nazarda tutadi.
92,8 foiz respondent şunga qat'iy işonç bildirdiki, milliy-ma'naviy qadriyatlarimizning qayta tiklanişi Birinçi Prezidentimizning asosiy xizmatlaridan biridir. Özbekistonliklar xalqimizning tarixiy hamda madaniy merosiga, özbek tilining nufuzini oşirişga, şuningdek, yurtimizda yaşovçi turli millat vakillariga öz milliy madaniyatlarini rivojlantirişi uçun teng şaroit yaratişga alohida e'tibor qaratgani uçun Islom Karimovdan minnatdor.
Respondentlarning 91,2 foizi esa sud-huquq tizimini isloh qiliş, uni inson huquqlarini samarali muhofaza etişning asosiy kafolatiga aylantiriş sohasidagi islohotlarni ğoyat muhim ahamiyatga molik, deb hisoblaydilar.
Sörov jarayonida qatnaşçilarning 84,5 foizi Islom Karimov taşabbusi bilan kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş yölidagi amaliy işlarni yuqori baholadi.
Tadqiqotda iştirok etgan 89,8 foiz fuqaroning fikriça, Birinçi Prezident hokimiyat tarmoqlarining bölinişi haqidagi konstitutsiyaviy qoidani amalga oşiriş, ular örtasida özaro muvozanat hamda tiyib turişning samarali tizimini yaratiş, markazda va mintaqalarda qonunçilik hamda vakillik organlarining rolini kuçaytiriş uçun barça zarur çoralarni kördi.
78,9 foiz respondent Islom Karimovning yoş avlod salomatligi haqida ğamxörlik qiliş, soğlom turmuş tarzini tarğib etiş va bolalar sportini rivojlantiriş sohalariga birinçi darajali vazifa sifatida yondaşganiga urğu bergan.
Uzoqni közlab olib borilgan taşqi siyosat
Sörovda 98,7 foiz hamyurtimiz Birinçi Prezident rahbarligida Özbekiston har tomonlama vazmin, milliy manfaatlarga asoslangan taşqi siyosat olib borganligini qayd etdi. Köpçilik — 97,6 foiz respondentning işonç bildirişiça, «Boşqa davlatlarga nisbatan munosabatlarda kuç işlatmaslik yoki kuç bilan tahdid solmaslik, çegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinç yöl bilan hal qiliş hamda boşqa davlatlarning içki işlariga aralaşmaslik» qoidalariga qat'iy rioya etiş taşqi siyosat sohasida Islom Karimovning boş yutuği böldi.
Birinçi Prezidentimizning Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli hududga aylantiriş ğoyasi, özbekistonliklarning fikriça, tinçlik va xavfsizlikni ta'minlaş işiga qöşgan ulkan hissasidir.
92,5 foiz iştirokçi mamlakatimizning Birlaşgan Millatlar Taşkilotiga a'zo bölişi hamda uşbu ta'sirçan, nufuzli xalqaro taşkilot doirasida mintaqada tinçlik va barqarorlikni ta'minlaş, ekologik muammolarni hal qiliş, aholi salomatligini mustahkamlaş, fan, madaniyat hamda ta'limni rivojlantiriş masalalari böyiça keng miqyosli hamkorlikni Birinçi Prezidentning taşqi siyosiy faoliyatidagi muvaffaqiyatlardan biri sifatida körsatdi.
Islom Abduğaniyeviç jahon hamjamiyatini xalqaro terrorizm xavfi haqida ogohlantirgan, dunyo mamlakatlarining, yirik xalqaro va mintaqaviy taşkilotlarning kuç hamda sa'y-harakatlarini terrorizmga, separatizm, diniy ekstremizmga qarşi birlaştirişga da'vat etgan ilk siyosatçilarning biri sanaladi. Aynan Birinçi Prezidentimiz taşabbusi bilan 2004 yilning yanvaridan e'tiboran Toşkentda Şanxay hamkorlik taşkiloti doirasida Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining Ijroiya qömitasi öz faoliyatini boşlagan.
Yangi iqtisodiy şaroitda
Mustaqillik yillarida Islom Karimovning rahbarligi ostida Özbekiston iqtisodiyoti qariyb olti marta ösdi. Unda sanoatning uluşi 14 foizdan 34 foizgaça köpaydi. Keyingi ön yildan ortiq vaqt davomida yalpi içki mahsulotning ösiş sur'atlari barqaror saqlanib qolindi. Quvonarlisi, Özbekiston iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan beşta mamlakat qatoriga kirdi.
Investitsiyaviy siyosat, sanoatning yangi yuqori texnologik tarmoqlari, jumladan, neft-kimyo, kimyo, avtomobilsozlik, qişloq xöjaligi va temir yöl maşinasozligi, farmatsevtika, töqimaçilik jadal rivojlanmoqda.
Islom Abduğaniyeviçning çuqur öylangan hamda vazmin siyosati tufayli mamlakatda jahon mezonlari böyiça noyob inşootlar qurildi. Ustyurt va Şörtan gaz-kimyo majmualari, Buxoro neftni qayta işlaş zavodi, Qönğirot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli öğitlar zavodi, avtomobil zavodlari şular jumlasidandir.
Birinçi Prezidentimiz rahnamoligida Özbekistonda zamonaviy yöl-transport hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi barpo etildi. Xususan, Qamçiq dovoni orqali noyob tunnelga ega bölgan Angren-Pop temir yöl liniyasi qurildi. Temir yöllarda yuqori tezlikdagi qatnov yölga qöyildi, xalqaro ayeroportlar modernizatsiya qilindi.
Şu bilan birga, yurtimizda xususiy mulkni, tadbirkorlik va kiçik biznesni ravnaq toptiriş uçun keng imkoniyatlar yaratildi. Özbekistonda yangi ijtimoiy qatlam — tadbirkorlar sinfi paydo böldi.
Jamoatçilik fikri sörovi davomida özbekistonliklar Islom Abduğaniyeviç Karimovning rahbarligi ostida şaharu qişloqlarimizda, poytaxtimizda röyobga çiqarilgan bunyodkorlik işlarini alohida ta'kidladilar.
Yorqin xotirasi hamişa yodimizda
Darhaqiqat, Islom Karimov özining butun hayotini to sönggi kunlarigaça Özbekistonga xizmat qilişga bağişladi.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning şu yil 25 yanvardagi «Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimovning xotirasini abadiylaştiriş töğrisida»gi qaroriga köra, mamlakatimizda har yili 2 sentabr — Özbekiston Respublikasi Birinçi Prezidenti xotirasi kuni sifatida belgilandi. Bu qaror ona Vatanimiz mustaqilligi, elu yurtimiz ravnaqi yölidagi buyuk tarixiy xizmatlarini inobatga olgan holda, Birinçi Prezidentimiz, Özbekiston Qahramoni Islom Karimovning yorqin xotirasini abadiylaştiriş maqsadini nazarda tutadi.
Binobarin, ijtimoiy sörov qatnaşçilarining yakdillik bilan qayd etişiça, Birinçi Prezidentimiz avlodlar xotirasida Özbekistonni faol rivojlanayotgan zamonaviy davlatga aylantirgan, salohiyatli va donişmand rahbar, öz mamlakatining, öz vatandoşlarining manfaatlarini butun qalbi, butun borliği bilan himoya qilgan inson hamda siyosatçi sifatida muhrlanib qoladi.