Mustaqillik bayrami arafasida Andijon viloyati Paxtaobod tumanining çekka Uyğur qişloğida “KONTEKS” korxonasining oçilişi aholi uçun zör bayram tuhfasi böldi. Boisi, işlab çiqariş korxonasida 400 nafar işçi örni yaratildi.
Andijondagi “KONTEKS-TASHKENT” mas'uliyati çeklangan jamiyatining iş boşlaganiga hali köp vaqt bölgani yöq. Korxona faoliyati trikotaj mahsulotlari işlab çiqarişga möljallangan bölib, bugungi kunda jamiyatda 150 xildan ortiq kiyimlar sifatli tayyorlanib, iste'molçilarga yetkazib berilmoqda.




Ayni paytda işlab çiqarilgan trikotaj mahsulotlarining 80 foizini Fransiya, Polşa, Rossiya, Litva va Belorussiya kabi Yevropa davlatlariga eksport qilayotgan “KONTEKS” jamiyati içki bozorimizni sifatli kiyimlar bilan töldirişga ham salmoqli hissa qöşib kelmoqda. Korxonaning 2015 yilda eksport hajmi 9,5 mln. AQŞ dollarni taşkil qilgan bölsa, bu raqam 2016 yilda 12,3 mln AQŞ dollarga teng böldi. Körib turganingizdek, bir yil davomida 1,4 baravar ösişga erişilgan. Korxona şu yili bölib ötgan “Taşabbus-2017” Respublika körik-tanlovining viloyat bosqiçida “Eng yaxşi tadbirkor” yönalişida birinçi örinni qölga kiritgani ham bunga yaqqol misoldir.
























