Light | 10:59 / 01.09.2017
57057
2 daqiqa o‘qiladi

Yuqori oylik maosh bilan o‘qituvchilarga ish taklif qilinadi

Bir necha yillardan beri nodavlat ta’lim xizmati yo‘nalishida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan Toshkent shahridagi “LiLy Education” NTM 2017/18 o‘quv mavsumida ishlash istagini bildirgan malakali pedagoglarni ishga taklif etadi. O‘quv markazida qo‘shimcha bo‘sh ish o‘rinlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mavjud:

- Matematika fanidan o‘qituvchi

- Ingliz tili fanidan o‘qituvchi

Nomzodlar o‘zbek, rus va ingliz tilini mukammal bilishlari talab etiladi. Ishga qabul qilish jarayoni ikki bosqichda o‘tkazilib, dastavval, nomzodning hujjatlari o‘quv markazi rahbariyati tomonidan o‘rganib chiqiladi. So‘ngra, qisqartirilgan nomzodlar ro‘yxati asosida jonli suhbatga taklif etiladi. Har bir pedagog quyidagi talablarga to‘liq javob berishi shart:

- oliy ma’lumotini tasdiqlovchi diplom (ilova);

- xorijiy tilni bilish bo‘yicha IELTS sertifikati (Ingliz tili o‘qituvchisi uchun 7.0 bahodan past bo‘lmagan);

- pedagogika sohasida ish tajribasi;

- to‘liq yoki to‘liqsiz shtatda ishlay olish imkoniyati;

- Toshkent shahri va unga yaqin bo‘lgan hududda yashashi haqida doimiy yoki vaqtinchalik propiska.

Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga boshlang‘ich 2.000.000 oylik maosh va rasmiy mehnat shartnomasi taklif qilinadi. Nomzod to‘liq namunadagi rezyume, diplom nusxasi va IELTS sertifikati nusxasini [email protected] elektron pochta manziliga yuborishi mumkin. Murojaat uchun telefon raqami:  +99871 2787772

Reklama huquqi asosida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid