Xitoyda KFC restoranida yuzni taniş (smile-to-pay) yordamida buyurtmalarga haq tölaşga imkon beruvçi avtomatlar paydo böldi. Yangi texnologiyani Alibaba kompaniyasi tatbiq qilgan.

KFC’ning Xançjoudagi restoranida örnatilgan maxsus avtomatlar Alipay tölov tizimi mijozlariga buyurtma uçun tölovni bank kartasi, smartfon yoki boşqa gadjyetlarsiz amalga oşiriş imkonini beradi. Buning uçun foydalanuvçi öz telefon raqamini kiritib, kameraga tabassum qiliş yetarli böladi.

Uşbu texnologiyani yaratgan Ant Financial kompaniyasi vakillarining aytişiça, avtomatga foydalanuvçini taniş uçun bir neça soniya kifoya qiladi. Bunda kartmon egasining fotosuratini körsatgan holda avtomatni aldab bölmaydi, çunki u şaxsni tasdiqlaş uçun köplab omillarni hisobga oladi.