«Bu ro‘y berdi!». Tadbirkor va ziyolilar erkin konvertatsiyaga o‘tish boshlanishiga o‘z munosabatlarini bildirishmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 sentabr kuni «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi galdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5177 sonli farmonni imzoladi.
Tarixiy farmonning e'lon qilinishi bilan bir qator taniqli tadbirkorlar va ziyolilar ijtimoiy tarmoqlarda o‘zgarishlarga o‘z munosabatini bildirmoqda. Quyida ular bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
«Amalga oshdi! Barchani tarixiy qaror qabul qilingani bilan tabriklayman. Hukumatning iqtisodiy islohotlarga qo‘l urishini e'lon qilish, shunchaki deklaratsiya emas. Bu qaror mamlakat rahbarining bozor iqtisodiyoti qonunlariga asoslanib, yaxshi siyosat olib borishga intilishini bildiradi», deydi Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i rahbari Zafar Hoshimov.
«Erkin valyuta kursida ayrim iste'mol mahsulotlari narxi tusha boshlaydi»
«Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti so‘nggi davrda qabul qilgan eng asosiy qarorlardan biri va ko‘p muhokama etilgandi. Endilikda, asoslanmagan holda turli tarmoqlarda narxlarning oshib ketishiga qarshi kurashish lozim. Masalan, Inha universitetida ta'lim kontrakti bir o‘quv mavsumi uchun 5000 AQSh dollarini tashkil etadi. Bugun (3 sentabr - tahrir.) Markaziy Bank rasman e'lon qilgan kurs 4210 so‘m bo‘lsa, bu 21 million so‘m to‘lanishi kerak, degani. Aloqa operatorlari va provayderlari bilan ham shunga o‘xshash platforma yaratiladi», deydi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov.
«2017 yil 5 sentabr sanasidan O‘zbekistonning yangi tarixi boshlanadi», deydi Paynet tizimi va LeBaazar asoschi Botir Orifjonov.
«Va nihoyat, shu onlarga yetib keldik. Erkin konvertatsiyaning mavjud emasligi, so‘nggi yillarda iqtisodiyotimizning gurkirab rivojlanib ketishini sekinlashtirib qo‘ygan asosiy omil edi», deydi O‘zbek-Xitoy savdo uyi rahbari va TexnoPlaza asoschisi Hikmat Abdurahmonov.
«5 sentabr sanasini Konvertatsiya kuni sifatida nishonlasak ham bo‘lar, deb o‘ylayman. Atrofdagi millatlar bizni tushunmasligi mumkin, lekin biz nimani nishonlayotganimizni bilamiz: bu voqeani 21 yil kutdik... Bu davrda farzandlar va nabiralar ulg‘aydi», deydi mustaqil mutaxassis, iqtisodchi Yuliy Yusupov.
Mavzuga oid

20:49 / 21.12.2024
“Tannarxni tushirish – kengayish, hajmni oshirish bilan bo‘ladi” - Zafar Hoshimov

14:40 / 24.10.2024
“Ko‘proq ingliz tilida kontent qiling” – Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad olish uchun tavsiya berdi

18:24 / 15.03.2024
Chet tilini biladigan yoshlarning yuqori maoshli ishga joylashishiga yordam beriladi

09:05 / 15.03.2024