Sir emaski, çekiş saraton va yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlaniş xavfini oşiradi. Yangi tadqiqotlarning körsatişiça, çekiş psixikaga ham salbiy ta'sir ötkazar ekan, masalan, bu zararli odat öziga bölgan işonçsizlik hissini keltirib çiqarişi aniqlandi. "Ortodoks" tibbiy portali şu haqida ma'lum qildi.
Tadqiqotda çekuvçilar va çekmaydigan köngillilar iştirok etişdi.
Mutaxassislar çekuvçilarning çekmaydiganlarga qaraganda serhissiyotroq ekanini aniqlaşdi. Bundan taşqari, çekuvçi iştirokçilarda psixologik stress darajasi çekmaydigan kişilarga nisbatan 178 foizga yuqori bölib çiqdi.
Şuningdek çekiş uyqu bilan boğliq muammolar, lanjlik, köp ovqatlaniş yoki kam ovqatlaniş, uyda yoki işda ğazabnoklik xavfini oşirişi ma'lum böldi.
Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, tadqiqotda iştirok etgan çekuvçilarning 93 foizidan bu zararli odatdan voz keçiş söralgan. Ularning 75 foizi çekişni taşlaş juda qiyin deb hisoblagan. Aksariyat 2-3 marta çekişni taşlaşga harakat qilgan, biroq buning uddasidan çiqa olmagan.
















