«Biz KXDR tomonidan o‘tkazilgan yadro sinovini qat'iy qoralaymiz», - deyiladi birlashma davlatlari rahbarlarining Syamen deklaratsiyasida.
Shuningdek ta'kidlanishicha, yetakchilar «Koreya yarim orolida uzoq vaqt davomida saqlanib turgan yadro muammosi bilan bog‘liq keskinlik pasaymaganidan» chuqur tashvishda ekanliklarini bildirishgan. Qayd etilishicha, u faqatgina tinch vositalar va barcha manfaatdor tomonlarning muloqoti orqali hal qilinishi mumkin.
Avvalroq Janubiy Koreya va Yaponiya yetakchilari KXDRdan tashvishda ekani xabar qilingandi.











