4 sentabrda Xitoyning Syamen şahrida BRIKS sammiti boşlandi. Anjuman mehmonlarini şaxsan Xitoy raisi Si Tszinpin kutib oldi. Dastlab Rossiya, Braziliya, Hindiston, Xitoy va JAR yetakçilari birgalikda suratga tuşiş marosimida iştirok etişdi. Şundan söng birinçi yalpi masjlis boşlandi.

Muzokaralar yopiq eşiklar ortida ötmoqda. Yaqin daqiqalarda kengaytirilgan tarkibdagi yiğiliş bölib ötadi. Köriladigan asosiy mavzular Koreya yarimorolidagi vaziyat, milliy xavfsizlik va rivojlaniş masalalari, BRIKSga a'zo davlatlar hamkorligi, gumanitar almaşinuvlar va madaniyat sohasidagi hamkorlik böladi. Sammit yakuniga köra Syamen deklaratsiyasi qabul qilinişi kutilmoqda.

BRIKS guruhi 2006 yil iyunda Peterburg xalqaro iqtisodiy anjumani vaqtida tuzilgan. Öşanda unga Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy kirgan. Guruhning birinçi sammiti 2009 yilda ötgan. 2011 yil fevralda guruhga Janubiy Afrika Respublikasi qöşilgan.