Pastdarğom tumanining Çarxin qörğonida joylaşgan, «Dinamo» PFK tasarrufidagi bolalar va ösmirlar maxsus futbol maktabi taşabbusi bilan 2006–2007 yilda tuğilgan bolalar örtasida Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi hamda Birinçi prezident Islom Karimov xotirasiga atalgan Samarqand viloyat oçiq çempionati ötkazilmoqda.



— Oçiq çempionatimizga 28 ta jamoadan talabnoma kelib tuşdi. Surxondaryo viloyatining «Surxon» va «Paxtakor» jamoalari ham qatnaşmoqda. Ular 7 tadan tört guruhga bölingan va 29 avgustdan beri har kuni futbol maktabimizning maxsus moslaştirilgan maydonlarida öyinlar bölib ötmoqda, — dedi futbol maktabi direktori Baxtiyor Sattorov.

516 nafar bolakay qatnaşayotgan turnir qamrovi jihatidan Respublikadagi yirik turnirlardan ham kam ötkazilmayotgani kişini hayratga soladi. 2 sentabr kuni Qurbon hayiti munosabati bilan futbol maktabda qöy söyildi, Birinçi prezidentimiz I.Karimov xotirasiga oş damlanib, Qur'on tilovat qilinib, faxriylar dasturxonga taklif etildi, şu jumladan, futbol turnirida qatnaşayotgan bolakaylarga oş tortildi.





— Uşbu turnirni doimiy ötkazib borişni rejalaştirganmiz va kelgusi yili çempionatimizni xalqaro darajaga kötarmoqçimiz. Yon qöşnilarimiz — Turkmaniston, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikistonga taklifnomalar jönatamiz. Ayni paytda muzokara olib borganimizda, ular qatnaşişga rozilik berişdi. Ozarboyjon va Rossiyadan ham jamoalarni taklif etiş niyatimiz bor, — deydi B.Sattorov.

















