Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Halol» xalqaro sertifikati. «ROZMETOV» brendi yana bir bor tan olindi
Foto: ROZMETOV
Sir emaski, «Halol» go‘sht mahsulotlari nafaqat tayyorlanishning an'anaviy usuli, balki, birinchi navbatda, molni yetishtirish, pichoqlash, qismlarga bo‘lish, omborda saqlash va boshqa barcha jarayonlarning sanitarik va ekogolik normalariga rioya qilish hamdir.
«Halol» mahsulot – bu har bir mahsulotning o‘zgacha uslubda tayyorlanishi. Bunday tayyorlanish uslubi mahsulotni sifatli, toza va poklik, foydali va ekologik toza bo‘lishiga xizmat qiladi. «Halol» mahsulotning afzalliklari talaygina, ammo keling «ROZMETOV» oilaviy kompaniyasining asosiy yangiligiga o‘tsak. Iyul oyida Toshkentga «Halol» Xalqaro standartizatsiya va sertifikatsiya markazi vakillari tashrif buyurdi. Ular «ROZMETOV» brendi ostida ishlab chiqariluvchi mahsulotlarning barcha jarayonini – fermalar, kushxonalar va zavodni diqqat bilan kuzatib borishdi. Sinchkovlik bilan o‘tkazilgan barcha tekshiruvlardan keyin «ROZMETOV» oilaviy kompaniyasi haqli ravishda, DIQQAT QILING: «HALOL» XALQARO SeRTIFIKATI»ga ega bo‘ldi.
«ROZMETOV» oilaviy zavodining ijrochi direktori Zafar Rozmetov bu haqda quyidagi fikrlarni bildirdi: «Bu masala yuzasidan kompaniyaning tamoyillari u 1989 yilda tashkil etilganidan buyon qattiqqo‘lligicha saqlanib kelinadi. Oilamiz barcha an'analarni hurmat qiladi va mahsulot toza ekanini kafolatlaydi. Shuning uchun ham bizning kolbasalar va boshqa go‘shtli mahsulotlar o‘zgacha ta'mga ega bo‘ladi. Biz doimiy ravishda sifat nazoratini olib boramiz va mahsulot turlarini ko‘paytirib, mijozlarimizni yangiliklar bilan hayratlantiramiz».
Yakunda shuni aytish joizki, sog‘lom turmush tarzini olib borishni va to‘g‘ri mahsulotlarni iste'mol qilishni istayotganlar «ROZMETOV» savdo belgisi ostida ishlab chiqariladigan barcha go‘shtli mahsulotlar «Halol» ekaniga ishonishi mumkin.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
22:24 / 01.03.2026
O‘qituvchilarning amaldagi sertifikatlari muddati tugamagunicha malaka toifasi tushirilmaydi – vazirlik
12:38 / 13.02.2026
Toshkentda sertifikatsiz dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
12:25 / 11.02.2026
O‘qituvchilarga milliy sertifikat olish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi
18:22 / 07.02.2026