15 yoşli amerikalik ösmir Patrik Pons Rubik kubigini (kubik Rubika) yiğiş böyiça jahon rekordini örnatdi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar bermoqda. Ponsning rekord natija qayd qilgan videosi uning YouTube-kanalida joylaştirildi.

Pons avvalgi rekordni 0,05 soniyaga yaxşilab, Rubik kubigini 4,69 soniya içida yiğa oldi. Ösmirning aytişiça, u vazifani rekord darajada tez bajarganini bilgaç, hayratga tuşgan. U kubikni 17 ta harakat bilan yiğa olgan.

Avvalgi rekord natija 2016 yil noyabrda Mats Valk tomondan örnatilgandi. U bunga avvalgi rekord sohibi amerikalik Lukas Etter vaqtidan 0,164 soniya qamroq vaqt sarflagandi.

Rubik kubigi ötgan asrning 80-yillarida vengriyalik haykaltaroş va arxitektura öqituvçisi Erne Rubik tomonidan ixtiro qilingan. Har yili bu boşqotirma öyinçoqdan dunyoda 10 mln dan köproq dona sotiladi.