Loyihaga köra, tijorat banklari ekvivalenti 500 AQŞ dollaridan oşgan miqdorda çet el valutasini sotib olayotgan jismoniy şaxslarni lozim darajada tekşirişini yölga qöyiş taklif etilmoqda. Amalda bu çegara 100 AQŞ dollariga teng.
Bundan taşqari, yana bir holatda mijozni lozim darajada tekşiriş (amalda – identikatsiya qiliş) talabiga özgartiriş kiritiş taklif etilmoqda.
Amalda bazaviy hisoblaş miqdorining 500 baravari (hozirda 206 mln söm)ga teng yoki undan oşgan summada bank hisobvarağini oçmasdan yoki hisobvaraqdan foydalanmasdan operatsiyalarni amalga oşirişda bank mijozning şaxsiga aniqlik kiritişi kerak. Muhokamaga qöyilgan loyihada bu borada 175 mln sömlik qat’iy çegarani örnatiş közda tutilgan.
Loyiha böyiça jamoatçilik muhokamasi 4 aprelgaça davom etadi.

















