Yangi banknotlar
Markaziy bank 2021 yilning 22 dekabridan yangi körinişdagi, nominal qiymati 50 000 söm va 100 000 söm bölgan banknotlar muomalaga çiqarilişini e’lon qildi. Ammo yangi 50 ming sömlik dizaynida xatolik aniqlandi. Yangi qoğoz pulda aks etgan yodgorlik majmuasi aslida Hakim Termiziy maqbarasi surati bölib, banknotdagi matnda Abu Iso Termiziy maqbarasi deb yozilgan.
Hozir amalda bölgan – 2017 yilda çiqqan 50 ming sömlik va 2019 yilda çiqqan 100 ming sömlik banknotlar ham muomaladan çiqarilmasligi va ular öz tölov qobiliyatini saqlab qolişi aytilgan.
«Davlat budjeti töğrisida»gi qonun ma’qullandi
Senat yalpi majlisida «2022 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida»gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Keyingi yilda budjetdan ijtimoiy sohaga, xususan, ta’lim sohasi xarajatlariga 46,9 trln söm, soğliqni saqlaş sohasi xarajatlariga 22,8 trln söm, madaniyat va sport sohasi xarajatlariga 3,4 trln söm va fanni yanada rivojlantiriş tadbirlari uçun 1,5 trln söm yönaltirilişi nazarda tutilmoqda.
Qonunda oçiq budjet, «Fuqarolar taşabbusi jamğarmasi»ga 1 trln 553 mlrd söm miqdorida mablağ ajratilişi ham közda tutilgan.
Hokim yordamçisi maoşi
Hokim yordamçilarining avvalgi iş joyidagi maoşlarini saqlab qoliş masalasi 2022 yil uçun davlat budjetida közda tutilgan.
Moliya vaziri Temur Işmetovning sözlariga köra, agarda hokim yordamçisi avval davlat budjetidan oylik olib kelgan bölsa va avvalgi maoşi yangi lavoziminikidan yuqori bölgan bölsa, eski iş joyidagi maoşi saqlanib, yangisidan maoş olmaydi.
Ma’lumot uçun, hokim yordamçilari faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisidagi prezident qarori bilan hokim yordamçilarining maoşi miqdori belgilangan. Unga köra, mahalladagi xonadonlar soniga qarab 4 mln 932 ming sömdan 5 mln 754 ming sömgaça bölgan maoşlar

















