Fan-texnika | 00:14 / 05.09.2017
17414
1 daqiqa o‘qiladi

Brejnevga tegishli avtomobil sotuvga qo‘yildi

Foto: Avito

Avito e'lonlar saytida sobiq ittifoq rahbari Leonid Brejnevga tegishli ekanligi ta'kidlanayotgan ZIL avtomobili sotuvga qo‘yildi. 

1972 yilda ishlab chiqarilgan mashinaning egasi unga 54 mln rubl so‘ramoqda. Sotuvchi shuningdek avtomobilni ko‘chmas mulk obektiga ayirboshlash imkoniyati borligini aytgan.

ZIL 117 10 ming km yo‘l yurgan. E'londa ko‘rsatilishicha, mashina qora rangdagi, dvigateli hajmi 6 litr va avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan limuzin.  

Shu bilan birga sotuvchi unda avtomobilning Brejnevga tegishli ekaninini isbotlovchi hujjatlar bor-yo‘qligini ma'lum qilmagan.

Ma'lum qilinishicha, Brejnev avtomobillarga va ularda tez yurishga qiziqqan. Turli ma'lumotlarga ko‘ra, uning avtomobillar kolleksiyasida 49 tadan 324 tagacha mashina bo‘lgan. 

18 avgustda Sankt-Peterburgda zirhlangan Mercedes-Benz S-Class (W140) limuzini sotuvga qo‘yilgandi. Ta'kidlanishicha, ushbu mashinada Rossiyaning sobiq prezidenti Boris Yeltsin yurgan.

Mavzuga oid