Xonanda Madonnaning öğli David Banda Portugaliyaning «Benfika» klubi tizimida töp suradi. Bu haqda AS naşri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga köra, şu sabab bilan Madonna Nyu-Yorkdan Portugaliyaga taşrif buyurgan. Buning tasdiği sifatida u özining «Instagram»dagi sahifasida bir qator fotopostlar qoldirgan.

«Portugaliyadagi quvvat inson ruhiga kuç beradi. Bu yerda özimni ijodkor va tetik his qilmoqdaman. Öz qöşiqlarim va yangi filmdagi işlarimni intizorlik bilan kutmoqdaman», — deb yozgan Madonna.

Madonna 2006  yilda asrab olgan öğli bilan Sintrada yaşab keladi. Bu şahar poytaxt Lissabondan taxminan 25 km uzoqlikda joylaşgan. 59 yoşli xonanda 7,5 mln yevroga özi uçun turar joy sotib olişga ham ulgurgan.