Pavel Ergaşev Mudofaa vazirining örinbosari vazifasini bajaruvçi - Janubi-Ğarbiy maxsus harbiy okrug qöşinlari qömondoni lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident rasmiy sayti xabar berdi.

“Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 sentabrdagi PQ-3251-son qaroriga muvofiq Pavel Ismailoviç Ergaşev Mudofaa vazirining örinbosari vazifasini bajaruvçi - Janubi-Ğarbiy maxsus harbiy okrug qöşinlari qömondoni lavozimiga tayinlandi”, - deyiladi xabarda.

Keça Qobul Berdiyev Mudofaa vazirligidan ketgani, bu vazirlikni sobiq Içki işlar vaziri Abdusalom Azizov boşqarişi xabar berilgandi.