Xitoyda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR yetakçilari iştirokidagi BRIKS guruhi sammiti nihoyasiga yetdi.
Xitoyning janubidagi Syamen şahrida ötgan sammitda 3 mingdan köproq mahalliy va xorijiy jurnalistlar, 80 ta davlat vakillari va 200 dan ortiq tadbirkor iştirok etdi.
Sammit kun tartibida Şimoliy Koreyaning yadroviy sinovlari, korrupsiya va tijoriy proteksionizm, köp tomonlama savdo tizimini qöllab-quvvatlaş kabi masalalar turdi.
Bundan taşqari, sammit iştirokçilari savdo, infratuzilma, iqtisodiyot, kiberxavfsizlik va elektron savdo sohalarida hamkorlikni muhokama qildilar.
BRIKS’ning keyingi sammiti 2018 yilda JAR poytaxti Yoxannesburgda bölib ötadi.

















