JÇ-2018 saralaşi, Şimoliy Amerika mintaqasida 8-turni Hondurasga qarşi safarda ötkazgan AQŞ terma jamoasi 3 oçko töplay olmaydi.
Mezbonlar 27-daqiqasida Romel Kiotoning goli evaziga hisobni oçişdi. Mehmonlar esa 85-daqiqada Bobbi Vudning aniq zarbasi evaziga hisobni tenglaştirişdi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda Honduras futbolçisi Anri Figeroa ikkinçi sariq kartoçkani olib, maydonni tark etdi, lekin amerikaliklar qolgan vaqt içida ğalabani qölga kirita olmadi.
8 turdan keyin AQŞ va Honduras 9tadan oçko jamğarişgan, ammo amerikaliklar qöşimça körsatkiçlar evaziga törtinçi örinda.
8-turda Kosta-Rika Meksikani qabul qilib, durang öynadi - 1:1. Avvaliga, 42-daqiqada mehmonlar himoyaçisi Kristian Gamboa töpni öz darvozasiga yöllab qöydi, 82-daqiqada meksikaliklar hujumçisi Markos Urenya hisobni tenglaştirdi.
Yana bir uçraşuvda Panama Trinidad va Tobagoni yirik hisobda mağlub etdi - 3:0.
30-daqiqada Gabriel Torres hisobni oçdi. 57-daqiqada Trinidad va Tobago avtogol urdi, 85-daqiqada Abdel Arroyo öyinning yakuniy natijasini örnatdi - 3:0.
JÇ-2018 saralaşi, 5-bosqiç
Şimoliy Amerika, 8-tur
Honduras - AQŞ 1:1
Gollar: 1:0 - Kioto (27), 1:1 - Vud (85)
Çetlatiş: Figeroa, (90+3)
Kosta-Rika - Meksika 1:1
Gollar: 0:1 - Gamboa (42, avtogol), 1:1 - Urenya (82)
Panama - Trinidad va Tobago 3:0
Gollar: 1:0 - Torres (39), 2:0 - Mitçell (57, avtogol), 3:0 - Arroyo (85)


















