Özbekiston va Rossiya örtasida meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib beriş hajmini oşirib boriş uçun taşkil etilgan «yaşil yölak» 2017 yilning oxiriga qadar töla quvvat bilan işlay boşlaydi. Bu haqda Rossiya qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Sergey Levin 6 sentabr kuni ma'lum qildi.
Toşkentda bölib ötayotgan II-xalqaro meva-sabzavot yarmarkasining oçiliş marosimida iştirok etgan Levinning ta'kidlaşiça, Özbekiston qişloq xöjaligida ulkan salohiyatga ega va Rossiya Özbekistondan meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib beriş hajmining oşirilişiga katta e'tibor qaratmoqda.
Uning qayd etişiça, Özbekiston 2016 yilda Rossiyaga meva-sabzavot mahsuloti yetkazib berişni ikki martaga oşirdi. Uning fikriça, bu hajm joriy yilda ham ortadi.
Şu yilning ötgan davrida, barça iqlim şaroitlariga qaramay, yetkazib beriş hajmi törtdan bir qismga köpaydi va ösişda davom etmoqda, dedi u.
Uning eslatişiça, Özbekiston va Rossiya bunday mahsulotlarning tezlaştirilgan bojxona rasmiylaştiruvi böyiça «yaşil yölak»ni taşkil etiş töğrisida kelişuv imzolagan. Qöşimça qilinişiça, 2017 yilning iyulidan «yaşil bojxona yölagi» sinov rejimida yölga qöyildi, biroq yil oxiriga kelib töla quvvat bilan işlay boşlaydi.
















