Saytimizda Samarqandning «Dinamo» futbol klubi futbol maktabi taşabbusi bilan 2006-2007 yilda tuğilgan bolalar örtasida Birinçi prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga bağişlangan turnir ötkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
7 sentabr kuni 28ta jamoa iştirok etgan uşbu turnir öz nihoyasiga yetdi va Oliy liganing 20-turidan örin olgan «Dinamo»-«Qöqon-1912» jamoalari örtasidagi uçraşuvning tanaffus vaqtida ğolib va sovrindorlarning taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Turnirda 3-örinni Gulobod qörğonida joylaşgan «Dinamo» futbol maktabi tarbiyalanuvçilari egallaşdi. Ikkinçi örin turnir mezboni — Past Darğom tumanining Çarxin qörğonida joylaşgan «Dinamo» futbol maktabi tarbiyalanuvçilariga nasib etdi. Mezbonlarni finalda 3:1 hisobida mağlub etişni uddalagan Termizning «Surxon-Paxtakor» jamoasi yoşlari ilk turnir ğolibiga aylanişdi.
«Dinamo» stadionida bölib ötgan taqdirlaş marosimida viloyat futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Şuhrat Sayfullayev, «Dinamo» futbol maktabi direktori Baxtiyor Sattorov va boşqa mutasaddilar ğolib va sovrindorlarga, şuningdek turnirning eng yaxi öyinçilariga oltin, kumuş va bronza medallar, esdalik diplomlari, vimpellar hamda kuboklarni topşirişdi. Şuningdek, sovrindor jamoa a'zolariga futbol töplari ham berildi.

«Uşbu turnirni doimiy ötkazib borişni rejalaştirganmiz va kelgusi yili çempionatimizni xalqaro darajaga kötarmoqçimiz. Yon qöşnilarimiz — Turkmaniston, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikistonga taklifnomalar jönatamiz. Ayni paytda muzokara olib borganimizda, ular qatnaşişga rozilik berişdi. Ozarboyjon va Rossiyadan ham jamoalarni taklif etiş niyatimiz bor», — degan edi turnir taşkilotçisi Baxtiyor Sattorov.

















