"Irma" dovuli guvohi tabiiy ofatning asoratlari haqida so‘zladi

Foto: © REUTERS
Puerto-Riko aholisining aksariyati deyarli bir haftadan beri suv va elektr energiya ta'minotisiz qolgan. Puerto-Rikoda istiqomat qiluvchi Mariya Kuzina RIA "Novosti"ga shu haqida xabar berdi.
"Biz uydan chiqmadik. Mening kichik farzandim bor. Shamolning tovushi samolyot dvigatelining shovqinini yodga soladi", - deydi ayol.
Uning so‘zlariga ko‘ra, juda ko‘p odamlar elektr ta'minotisiz qolgan.
"Eng dahshatlisi, infratuzilmaning qay darajada buzilgani emas, uning butkul to‘xtab qolganida. Uch million kishi suvsiz qoldi, 1.5 millioni esa - elektr energiyasiz. Seshanba kunidan buyon na unisi, na bunisi bor bizda", - deydi Kuzina.
"Irma" dovuli Atlantikadagi so‘nggi o‘n yillikdagi eng kuchli dovul deb atalmoqda. 20 dan ziyod kishi uning qurboniga aylanib ulgurdi. Shanba kuni "Irma"ning shiddati maksimal beshinchi darajadan uchinchigacha pasaygani ma'lum qilingan edi. Biroq bugungi xabarlarda uning to‘rtinchi darajaga ko‘tarilgani qayd etilgan.
Mavzuga oid

23:37 / 02.11.2024
Finlyandiyada tarixda birinchi marta dovul kuzatildi

23:04 / 08.10.2024
Jo Bayden dovullar tufayli Berlinga safarini bekor qildi

14:24 / 27.09.2024
«Qurbonlar ko‘p bo‘lishi mumkin». «Helen» to‘foni Floridaga yopirildi

14:29 / 26.08.2024