Myanmadagi rohingyalar bir tomonlama yarashuv sulhi haqida ma'lum qilishdi

Foto: EPA
Myanmada jang olib borayotgan “Arakan rohingyalarini qutqarish armiyasi” (ARSA) guruhi gumanitar yordam yetkazilishini ta'minlash maqsadida bir tomonlama tartibda o‘t ochishni to‘xtatishini e'lon qildi.
Guruhning tvitterdagi bayonotida aytilishicha, yarashuv 10 sentabr ertalab boshlanadi va bir oy amal qiladi.
“ARSA barcha manfaatdor tashkilotlarni o‘t ochish to‘xtatilishi vaqtida gumanitar inqirozning barcha jabrdiydalariga milliy va diniy mansubligidan qat'iy nazar, gumanitar yordam taqdim qilinishini tiklashga chaqiradi”, deyilgan bayonotda.
Avvalroq BMT Myanmda 2 haftadan beri davom etayotgan diniy adovat negizidagi to‘qnashuvlarda mamlakatni 270 ming rohingya musulmonlari tark etishganini ma'lum qilgandi. Ularning barchasi boshpana topish maqsadida qo‘shni Bangladeshga o‘tishgan. Bu yerda qochqinlar uchun deyarli joy qolmagan. BMT boshpanasiz qolgan rohingyalarga yordam sifatida homiy davlatlardan 11,3 mln dollar mablag‘ so‘ragan.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
KXDR Ukrainadagi urushga qo‘shimcha kuchlarni yuborishga tayyorlanmoqda – OAV
Jahon | 16:57
-
Internetda iPhone 17 Pro suratlari paydo bo‘ldi
Fan-texnika | 16:50
-
Eng badavlat 1 foiz odamning boyligi 33,9 trillion dollarga ko‘paydi
Jahon | 16:24
-
Harbiy xarajatlarni oshirayotgan Yevropa va NATO mudofaasiga sodiq Tramp - Haagadagi sammit tafsilotlari
Jahon | 15:45
Mavzuga oid

18:09 / 07.04.2025
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi

23:38 / 29.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi

16:15 / 29.03.2025
Myanma va Tailanddagi zilziladan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q - konsulxona

08:18 / 26.12.2022