Şahar kunida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva markazida yangi «Zaryade» parkini oçdi. U sobiq «Rossiya» mehmonxonasi örnida bunyod etilgan. "Gazeta.ru" xabariga köra, Moskva rasmiylari parkka yiliga 10 million kişining taşrif buyurişiga umid qilişmoqda. 

Yaşil kenglik tört landşaft zonaga ajratilgan: daşt, maysazor, şimoliy landyş, şuningdek turfa xildagi örmon (aralaş, ignabargli daraxtlar, qirğoq örmoni, qayin boği). Parkda umumiy hisobda 120 turdagi ösimlik namoyiş qilingan. «Zaryade» parki sönggi 70 yilda poytaxtning tarixiy markazida qad kötargan birinçi eng yirik park böldi. Parkning umumiy maydoni 10,2 gektarni taşkil qiladi. 

Manbaga köra, bu yakşanba parkka faqat taklifnoma asosida kiriş mumkin. 11 sentabrdan esa park darvozalari barça uçun oçiladi.