"Biz yaqindagina Myanmada bo‘lib o‘tgan ziddiyat yuzasidan tashvishda ekanimizni bildiramiz. Biz barcha tomonlarni darhol zo‘ravonlikni to‘xtatishga va BMT doirasida muloqot qilishga chaqiramiz", - dedi Nazarboyev yakshanba kuni Ostonada bo‘lib o‘tayotgan Islom hamkorlik tashkiloti sammitidagi chiqishida.
Qozog‘iston prezidenti oxirgi paytlarda islom ummati turli og‘ir sinovlarga duch kelayotganini ta'kidladi.
"Birinchidan, ekstremist va terrorchi tashkilotlarning tarqalishi. Ularning terrorchilik faoliyatidan birinchi navbatda musulmon mamlakatlarning o‘zi jabr ko‘rmoqda. Ikkinchidan, islomofobiyaning kengayishi. G‘arb mamlakatlarida yil sayin musulmon mamlakatlariga qarshi xatti-harakatlar ko‘payib bormoqda", - dedi Nazarboyev.
Ta'kidlash joizki, Myanmadagi Rakxayn shtati hududida respublika qurolli kuchlari va mamlakat hukumati terrorchi deb hisoblovchi Arakan musulmonlari o‘rtasida to‘qnashuvlar ketmoqda.











