«VKontakte» ijtimoiy tarmoği va Telegram messenjeri asosçisi Pavel Durov Amerikaning Apple va Google texnologik gigantlari AQŞga tobe' bölmaslik uçun öz davlatlarini yaratişlariga umid bildirdi. Işbilarmon özining Telegram-kanalida şu haqida ma'lum qildi.
"Bir kun kelib Apple va Google kabi ulkan kompaniyalar ularning asosçilari missiyasiga ham ta'sir ötkazişi mumkin bölgan har qanday hukumatdan mustaqil böla olişini xohlardim. Ehtimol, ular öz davlatlarini barpo etişi kerakdir", - deb yozadi Pavel Durov.
Şuningdek, Durov Federal razvedka byurosining u va Telegram'ning boşqa işlab çiqaruvçilari faoliyatiga aralaşişga bölgan urinişlarini yodga oldi. Uning fikriça, aynan Amerika fuqaroligini olmaganligi tufayli u AQŞ maxsus xizmatlari bilan hamkorlikdan voz keçişga muvaffaq bölgan.

















