Joriy yilning 11 senyatbr kuni Toşkent viloyati hokimligining kiçik majlislar zalida viloyat hokimi Ş.Boboyevning Xitoy respublikasidan taşrif buyurgan delegatlar, xususan «Poly Technologies» kompaniyasi prezidenti Vang Lin boşçiligidagi delegatsiya hamda «Rezinatexnika Mahsulotlari Zavodi» MÇJning quriliş böyiça direksiyasi rahbari Ş.Aminov bilan özaro davra suhbati bölib ötdi.

Suhbat çoğida Angren şahri, sanoat xududida joylaşgan «Rezinatexnika Mahsulotlari Zavodi»ning ikkinçi bosqiçini quriş va işga tuşiriş masalalari kelişib olindi.

Ma’lumot örnida aytiş kerakki, «Rezinatexnika Mahsulotlari Zavodi» xorijiy investor «Poly Technologies» (kompaniya prezidenti Vang Lin) va loyiha taşabbuskori, mahalliy «Özkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda barpo etilişi rejalaştirilgan.

Uşbu rejaga köra, «Rezinatexnika Mahsulotlari Zavodi»ni Xitoyning «Poly Technologies» kompaniyasi 34 oy içida «kalitini topşiriş»gaça quradi. Moliyalaştiriş Xitoyning «Eksimbank»i, «Özkimyosanoat»ning öz mablağlari va Özbekiston taraqqiyot va tiklaniş jamğarmasi kreditlari hisobidan amalga oşiriladi.

Loyihadan közda tutilgan maqsad — birinçi bosqida yengil avtomobillar uçun şinalar işlab çiqariş bölsa, ikkinçi bosqiçda konveyer tasmalari va qişloq xöjaligi texnikalari uçun şinalar işlab çiqariladi. 

Loyihaga köra, «Rezinatexnika Mahsulotlari Zavodi» Angren şahridagi sanoat hududida barpo etiladi. Uning umumiy qiymati 213,97 mln. AQŞ dollari ekvivalentiga teng. Yiliga yengil avtomaşinalar uçun 3 million dona şina işlab çiqariş közda tutilgan birinçi bosqiçni işga tuşiriş uçun mablağning 135,42 million dollari saflansa, 200 ming pogonometr konveyer tasmasi va 200 ming dona qişloq xöjaligi texnikalari şinasi işlab çiqariş möljallangan ikkinçi bosqiç uçun 78,55 million dollar xarajat qilinadi. Zavodga asbob-uskunalar «Poly Technologies Inc.» tomonidan yetkazib beriladi.

Zavod töliq quvvat bilan işga tuşirilgaç, 1119 ta iş örinlari yaratiladi. 1 sentabr kuni birinçi bosqiç loyihasini amalga oşiriş boşlab yuborildi. 2018 yilning I çoragidan 2-bosqiç loyihasi işga tuşiriladi.