Bugun KUN.UZ saytida Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Mahmudoviç Egamberdiyev tumandagi maktablarning direktorlarini kaltaklagani aks etgan video e'lon qilindi. Mazkur masalaning ijtimoiy, ma'naviy, tarbiyaviy jihatlari öz yöliga. Biz quyidagi maqola orqali holatni huquqiy tahlil qilişga harakat qilamiz.
Hokim maktab direktorini urişga haqlimi?
Albatta, yöq. Bu savolni ortiqça muhokama qiliş ham şart emas. Gap Mustaqillik bayrami yoki davlat ahamiyatidagi undanda kattaroq siyosiy voqelik haqida ketganda ham, insonning şa'ni, qadr-qimmati eng oliy qadriyat sifatida maydonga çiqişi kerak. Vaholanki, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida heç kim qiynoqqa solinişi, zöravonlikka şafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvçi boşqa tarzdagi tazyiqqa duçor etilişi mumkin emasligi belgilangan.
Hokimni nima kutyapti?
Işdan böşaşi mumkin. Öz mansab vakolatidan çetga çiqqani va işni töğri taşkil eta olmaganligi uçun hokim lavozimidan ozod etilişi mumkin. Şuningdek, mazkur video muhokamasi internetda hali beri tinmasligi hisobga olinsa, hokim işdan olinişiga jamoatçilik bosimi ham öz kuçini körsatişi mumkin.
Ma'muriy javobgarlikka tortilişi mumkin. Hokim Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-moddasiga binoan, haqorat qilgani, ya'ni şaxsning şa'ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitgani uçun eng kam iş haqining 20 baravaridan 40 baravarigaça miqdorda jarimaga tortilişi mumkin.
Şuningdek, hokim maktab direktorlaridan birortasiga yengil tan jarohati yetkazgani uçun ham javobgarlikka tortilişi mumkin. Bunda hokimning zarbalaridan keyin direktorlardan birortasining soğliği qisqa muddat yomonlaşgan yoki mehnat qobiliyatini unça köp davom etmaydigan turğun tarzda yöqotişga olib kelmagan bölsa, hokimga MJtKning (Ma'muriy Javobgarlik töğrisidagi Kodeks) 52-moddasi 2-qismi böyiça eng kam iş haqining 2 baravaridan 4 baravarigaça miqdorda jarima solinişi mumkin.
Jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkin. Jumladan, Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş) yoki 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) bilan javobgarlikka tortilişi ham mumkin. Bunday holatda hokimga eng kam oylik iş haqining 150 baravaridan 300 baravarigaça miqdorda jarima yoki 5 yilgaça muayyan huquqdan mahrum qiliş yoki 360 soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 1 yildan 2 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolari tayinlanişi mumkin.

















