Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi, Milliy olimpiya qömitasi, Özbekiston suziş federatsiyasi hamda Osiyo suziş federatsiyasi (AASF) tomonidan suv sporti turlari böyiça IX Osiyo çempionati ötkazildi.

Çempionatda Osiyoning 26 davlatidan mingga yaqin sportçi ğoliblik uçun bahslaşdi. Musobaqada Özbekiston şarafini 130 nafardan ortiq sportçi himoya qildi.

«Suv sporti majmuasida» suziş böyiça ötgan musobaqada Özbekiston terma jamoasi jami 31 medalni qölga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinçi örinni egalladi.

Musobaqada Özbekiston şarafini himoya qilgan Xurşidjon Tursunov, Odilbek Yusupov, Artem Kozlyuk, Vladislav Mustafin, Fotima Omilova, Maftunabonu Töxtasinova, Nataliya Kritinina va Alyona Vasileva turli masofa va yönalişda bir neça bor şohsupaga kötarildi.

Çempionatda öğil bolalar örtasida Özbekiston terma jamoasi 11 oltin, 3 kumuş va 5 bronza medalni qölga kiritgan bölsa, qizlar 2 oltin, 4 kumuş va 6 bronza medalga sazovor böldi.

Şu tariqa, Özbekiston jamoasi 13 oltin, 7 kumuş va 11 bronza medal bilan umujamoa örtasida ikkinçi örinni egalladi. Musobaqada Yaponiya terma jamoasi birinçi, Tailand termasi esa uçinçi örindan joy oldi.