9 sentabr kuni Haj safariga jönab ketgan uruş faxriylarining bir guruhi Özbekistonga qaytib keldi. Bu haqda KUN.UZ’ga Farğona viloyati boş imom xatibi Tursuntohir Erbötayev xabar berdi.

Ma'lum qilinişiça, Farğona, Namangan va Andijon viloyatlaridan bölgan 60 nafar hojilar Namangan xalqaro aeroportida kutib olindi. Ularning orasida Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari ham bor. 

Faxriylar Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan muqaddas Haj safariga bepul yuborildi. 

Muqaddas safardan qaytib kelgan yurtdoşlarimiz, jumladan, Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari yaratilgan şaroitlardan minnatdor bölganliklarini izhor etdilar.

Eslatib ötamiz, 8—24 sentabr kunlari özbekistonlik hojilarni «Özbekiston havo yöllari» samolyotlarida Toşkent, Buxoro, Samarqand, Qarşi, Namangan hamda Urgançga olib keliş rejalaştirilgan.