11 sentabr kuni «Özbekiston» telekanalida namoyiş etilgan «Otin oyining sönggi ovi» nomli körsatuv ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari tomonidan töxtovsiz muhokama qilinmoqda, deb yozadi azon.uz sayti.

Fikr bildiruvçilarning köp qismi körsatuvdan ğazablanganlarini yaşirib ötirmayapti. «Bu beçora munis onalarimiz bunday narsalarni yetti uxlab tuşlarida ham körmagan bölsalar kerak. Bu ketişda endi çoyxonada kitob öqib ötirgan çollarni ham hibsga olinglar, janob izquvarlar! Ular ham jamiyatimiz uçun öta xavfli «huquqbuzarlar» bölişi mumkin», — deb yozadi foydalanuvçilardan biri.

«Bizning bolalik paytlarimizda «huquqbuzar» deb aroq içib muştlaşgan yoki yöl harakati qoidalarini buzgan haydovçi kabi şaxslarga nisbatan aytilardi. Endi esa, bu atama din-diyonatli pensioner keksa ayollarga nisbatan qöllaniladigan bölibdi. Na kulişni bilasan, na yiğlaşni...», — deb yozadi boşqa bir foydalanuvçi.

Foydalanuvçilardan yana biri «Jinoyat"ning oldini olişga yordam söragan.

Jumladan u öz sözida, «Men sohamda köp yutuqlarga erişgan Özbekiston fuqarosiman. Musulmonman. Endi men iş faoliyatimdan taşqari, böş vaqtimda Qur'on öqişni örganmoqçiman. Qayga boray? Qani qonuniy ta'lim? Qayerda bor qonuniy ta'lim? Men fuqaro ölaroq Özbekiston hukumatidan diniy ta'lim uçun mening ehtiyojimni qondirişini talab qilaman! Men fuqaro ölaroq Özbekiston hukumatini mana bunday «jinoyat»larning oldini oliş uçun butun mamlakat böylab qonuniy Qur'on ta'limini yölga qöyişni talab qilaman. Şu davlat fuqarosimanmi? Boşqa nima qilay, ayting! Otinga borib örgansam — jinoyatçiman, çetga çiqib örgansam — xiyonatçiman. Nima qilay? Ta'lim oliş huquqimni talab qilsam maylimi? Jinoyatning oldini olişga yordam beringlar!» deb yozadi.

Öşa foydalanuvçi öz sözlarini davom ettirar ekan körsatuv ijodkorlariga özining savollarini yöllaydi:

«Körsatuvda fohişadan ham battar jinoyatçi qilib körsatilayotgan yoşi katta ayollar şunday körsatuvga loyiqmidi? Özbekistondagi konstitutsion tuzumga tahdid qilmagan, odam öldirmagan, tanasini sotmagan, davlatning pulini yeb ketmagan. Ular ham kimningdir onasi, kimningdir mahrami-ku! Bular nima qilib millatni şarmanda qildiki, ularni millat oldiga olib çiqib şarmanda qilinyapti? Nega römolda yurganlar qora ranglarda jinoyatçidek körsatilyapti? Nimaga ommaning fikri bunday razil usulda boşqarilyapti? Qonunni buzgan bölsa, jazosini olgandir. Nega bunday qabih yöl bilan körsatuv tayyorlanyapti? Jinoyat sababini örganadigan davlat institutlari qani? «Bu nima uçun noqonuniy ta'lim olyapti», degan savol qaçon kun tartibiga qöyiladi? Kim qöyadi buni?»