Avtomobil şinalari işlab çiqaruvçi Continental nemis kompaniyasi yöl şaroitlariga moslaşa oladigan “aqlli” şinalarni taqdim qildi. Bu hozirça kontseptdir, biroq ular kelgusida avtonom elektr avtomobillarda paydo bölişi mumkin.

Şinalarda ikkita yangi texnologiya qöllandi. Ulardan biri ContiSense deb ataladi. Bu sensorlarga ega, maxsus tok ötkazuvçi rezina qorişma bölib, ular doimiy ravişda protektorning çuqurligi va şina haroratini tahlil qiladi. Agar olingan ma'lumotlar me'yordagidan oğişsa, tizim bu haqda haydovçini ogohlantiradi.

Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru

Şuningdek, tizim şinaning şikastlanganini aniqlab, undagi bosim minimumgaça tuşib ketgunça bu haqda xabardor qiladi. Kompaniya kelgusida ContiSense funksionalligini kengaytirmoqçi – u yöl haroratini va unda, misol uçun, qor borligini aniqlaşga örgatiladi. 

Şinalarda qöllangan ikkinçi texnologiya ContiAdapt deb ataladi. Bu şinaga örnatilgan mikrokompressor bölib, u şaroitlardan kelib çiqib bosim va şinaning yöl bilan tutaşadigan qismini özgartiradi. Tizim 4 rejimda işlaydi: sirpançiq yöl, höl yöl, ğadir-budir yöl va standart. Misol uçun, quruq yölda harakatlanilganda ContiAdapt şinaning yöl bilan tutaşadigan qismini kamaytiradi va şu bilan tejamkorlikni yaxşilaydi. Höl yöl yoki qorda yurilganda tizim şinaning yöl bilan tutaşadigan qismini oşiradi va şinadagi bosimni kamaytiradi.