Avtomobil şinalari uçun utilizatsiya yiğimini xaridorlar tölamaydi, balki şina işlab çiqaruvçilar yoki çetdan import qilayotganlar tölaydi. Bu haqda Adliya vazirligi tuşuntiriş berdi.

Qayd qilinişiça, 2024-2026 yillar uçun möljallangan Budjetnomada 2024 yil 1 iyuldan avtomobil şinalarining har bir kilogrami uçun BHM 0,3 foizi (hozirgi vaqtda 990 söm) miqdorida utilizatsiya yiğimini undiriş taklif etilmoqda.

Masalan, 4 ta şinaning (balon) vazni örtaça 6 kg dan 17 kg gaça bölsa, ular uçun 6200 sömdan 16200 sömgaça yiğim undiriladi. Mazkur yiğim xaridorlardan undirilmaydi, uni şina işlab çiqaruvçilar yoki çetdan import qilayotganlar tölaydi. Şuningdek, yiğim bir marta tölanadi, ya’ni har yili undirilmaydi.

Fuqarolar avtomobil sotib olib uning balonlarini istalgan ölçamdagi boşqasiga almaştirmoqçi bölganida ham utilizatsiya yiğimi tölamaydi.

Utilizatsiya yiğimidan tuşgan pullar «Yaşil makon» dasturlarini amalga oşiriş uçun sarflanadi.