Toşkent viloyatidagi «Birinçi rezinotexnika zavodi» MÇJ faoliyati samarasizligi, 2020 yilda zavod işlab çiqariş quvvati atigi 15 foizni taşkil etgani ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab böldi.
Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Alişer Qodirov Hisob palatasiga tayanib bergan ma'lumotga köra, zavod omborida «sifat talabiga javob bermaydigan» 100 mingta şina sotilmay turibdi.
«Hisob palatasi ma'lumotlariga köra, Xitoy Eksimbankidan jalb qilingan 156,4 million dollar mablağ hisobiga barpo etilgan Angren şina zavodi 3 million dona şina işlab çiqarişi va şinalar UzAuto Motors'da import örnini qoplaşi kerak edi.
Angren şina zavodi quvvatining 15 foizida işlamoqda. Omborida 100 mingta şina sotilmay turibdi. Sababi doimgidek, sifat talabiga javob bermaydi. Öz navbatida, sönggi ikki yilda UzAuto Motors 60 million dollarga yaqin mablağga şina import qilgan», dedi parlament quyi palatasi vitse-spikeri.
Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev zavod ta'sisçilari va ommaga bir neça savollar bilan yuzlandi.
«Eng açinarlisi, şundoqqina Andijondagi UzAuto Motors bu şinalarni sotib olmayapti. Sabab sifatida bu mahsulotlar GM kompaniyasi standartlariga sertifikatlaştirilmagani keltirilmoqda.
Nahotki, bu loyiha işlab çiqilayotganda birinçi bozorimiz bölgan içki avtomobillar sertifikat talablariga moslaşiş zarurligi öylanmagan bölsa? Loyiha taşabbuskorlariga, uni işlab çiqqanlarga çora köriladimi yoki şunçaki 156 million dollar suvda oqib ketdi, deb ketilaveradimi?
Tabiiyki, loyiha nega bunday muvaffaqiyatsizlikka uçragani odamni öylantiradi. Nahotki, bu boşidan töğri rejalaştirilmagan bölsa? Yoki şunça qarz mablağlari notöğri işlatildimi? Loyiha taşabbuskori kim? Loyihaga mas'ul bölganlar qonun oldida javob beradimi?» – deya yozdi Doniyor Ğaniyev Telegram-kanalida.
Deputatning savollariga javoban, Hisob palatasi raisi örinbosari
















