Jahon | 00:57 / 16.09.2017
5808
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada terrorchilik xavfi eng yuqori darajaga ko‘tarildi

Foto: REUTERS / Hannah McKay

Buyuk Britaniyada terrorchilik xavfi yarim yil ichida ikkinchi marta eng yuqori – falokatli darajaga ko‘tarildi. 

“Buyuk Britaniyada xalqaro terrorchilik xavfi darajasi endi falokatli darajadadir”, deb ma'lum qilgan kontrrazvedka xizmati Mi-5 saytida.

Falokatli daraja istalgan vaqtda yangi terakt sodir bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

15 sentabr ertalabki tig‘iz vaqtda London g‘arbidagi Parsons Green stansiyasida portlash sodir etilgan. Portlash oqibatida bir necha kishi jarohat olgan. Ma'lum qilinishicha, qo‘lbola portlovchi qurilma to‘liq kuchiga portlamagan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 29 kishi shifoxonaga yetkazilgan. 

Mi-5 xizmati ushbu teraktni tergov qilishda ishtirok etmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid