Özbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasida yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi Baxtiyor Saidov uşbu mamlakat raisi Si Tszinpinga işonç yorliqlarini topşirdi.
Suhbat davomida XXR raisi Özbekiston bilan hartomonlama strategik hamkorlikni yanada rivojlantirişga Pekinda muhim ahamiyat berilişini alohida qayd etdi. Si Tszinpinning sözlariga köra, Özbekiston va XXRning hamkorligi Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaşda muhim rol öynaydi.


Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan may oyida Pekinda, iyun oyida Ostonda bölib ötgan muzokaralari va uçraşuvlarini yodga olar ekan, XXR raisi oliy darajada bölib ötgan muloqot barça muhokama qilingan mavzularda pozitsiyalarning umumiyligi va mos kelişini namoyiş etib berganini ta'kidladi. Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar sohalarda hamjihatlikni yanada faollaştiriş zaruriyati borasida muştarak fikrda bölişdi.
















