Bu haqda nashrga ispaniyalik siyosatchi, iqlim bo‘yicha yevrokomissar Migel Arias Kanete ma'lum qildi. Uning aytishicha, Vashington atmosferaga zarar chiqindilarni chiqarishni kamaytirish bo‘yicha kelishuvdagi maqsadlarni to‘g‘rilab olishni istamoqda. “Amerikaliklar yangidan kelishuv tuzish yoki Parij kelishuviga parallel kelishuvni ishlab chiqishni istamasliklarini bildirib qo‘ydilar”, deb aytgan Kanete.