Markaziy bank Özbekiston banklar Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda söm plastik kartoçkalari vositasida banklararo çakana savdo tizimida mijozlarga xizmat körsatişda tijorat banklari va nobank kredit taşkilotlari uçun tavsiya etilgan tarif rejasiga bir qator qöşimçalar va özgartirişlar kiritdi, deb xabar qiladi Markaziy bank rasmiy sayti.
Kiritilayotgan özgartirişlar va qöşimçalar davlatimiz rahbarining «Pul aylanmasi va bank plastik kartoçkalari vositasida hisob-kitoblarni rivojlantirişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Qarori va «Valyuta siyosatini liberallaştirişning birinçi navbatdagi çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoni doirasida qabul qilingan. Yangi tarif rejasiga köra, yuridik şaxslar va xususiy tadbirkorlar uçun tölov terminallarining ilgari 5 va 2,5 yevrogaça miqdorda bölgan ijara tölovi endi sömga ötkazildi va mos ravişda 25 ming va 15 ming sömni taşkil etadi.
Oldingi tarif rejasiga köra jismoniy şaxslarga yöqotilgan yoki buzilgan plastik kartalar örniga yangisi berilganida 5 yevro miqdorida tölov olinar edi, yuridik şaxslar va xususiy tadbirkorlardan olinadigan tölov miqdori 10 yevrogaça bölardi. Endi bu xizmat uçun jismoniy şaxslardan 10 ming söm, yuridik şaxslar va xususiy tadbirkorlardan 15 ming söm oliş tavsiya etilmoqda.
Ilgari yuridik şaxslar va xususiy tadbirkorlar uçun korporativ plastik kartoçka emissiya qilinganida tijorat banklari 5 yevrogaça bölgan miqdorda komissiya haqi olar edi. Endi yangi tarif rejasi böyiça uşbu xizmat uçun tavsiya etilgan miqdor 15 ming sömni taşkil etmoqda.
Avvalgidek, jismoniy şaxslar uçun (oylik iş haqi, pensiya, stipendiya va oilaviy xarajatlar uçun) plastik kartoçkalar emissiya qilinganida, şuningdek ularni qulflaş yoki qulfdan yeçiş (jumladan, «stop-list» röyxatiga qöşiş) uçun tölov olinmaydi.
Tijorat banklari bank kartalari foydalanuvçilari tomonidan qiziqişni kuçaytiriş uçun turli rağbatlantiruvçi bonuslar, diskont va mukofotlaş xizmatlarini joriy etiş amaliyotini davom ettirişadi.

















