Toşkent tumani Keles şahrida qasddan odam öldiriş jinoyati sodir qilindi. Bu haqda Toşkent viloyati prokuraturasi xabar bergan.

Xususan, 17 sentabr kuni tungi vaqtda tumanda yaşovçi A.Z. (1999 y.t.) tumandagi uylardan biriga deraza orqali kirib, piçoq bilan qurollangan holda mazkur uyda yaşovçi uxlab yotgan fuqarolarga hujum qilgan.

Yetkazilgan köplab jarohatlar natijasida 1988 y.t. ayol kişi halok bölgan. Uning turmuş örtoği (1987 y.t.) jinoyat vaqtida uyğonib, tajovuzkorni töxtatmoqçi bölgan, biroq u ham oğir tan jarohatlari olgan (şifoxonaga joylaştirilgan).

Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida A.Z. uşlandi.

Hozirgi vaqtda jinoyatning sabablari aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.