Yevrokuboklar dam oladigan bu hafta o‘rtasida bir qator mamlakat chempionatlarida tur o‘yinlar bo‘lib o‘tsa, ba'zilari kubok uchrashuvlari o‘tkaziladi. Tribuna.Uz haftaning eng muhim uchrashuvlariga to‘xtalib o‘tadi.
Germaniya bundesligasi, 5-tur
Shalke - Bavariya (19 sentabr, 23:30 Match!Futbol 3)
Turnir jadvalida yonma-yon borayotgan ikki jamoa o‘rtasidagi kurash qizg‘in kechishi tabiiy. «Bavariya»da ham «Shalke»da ham bir xilda 9tadan ochko mavjud. Faqat to‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich evaziga myunxenliklar uchinchi o‘ringa borishmoqda
Qiziq fakt.
«Shalke» «Bavariya»ga qarshi so‘nggi 15 o‘yinda faqat bir marta g‘alaba qozongan. O‘z uyida kechgan so‘nggi 7 o‘yinning beshtasida mag‘lubiyatga uchragan (1 g‘alaba, 1 durang).
Angliya liga kubogi, 1/16 final
Lester - Liverpul (19 sentabr, 23:45)
Angliyada hafta o‘rtasida tur uchrashuvlari o‘tkazilmaydi. Lekin uning o‘rniga nufuzi jihatdan uchinchi musobaqa sanalgan Liga kubogi o‘yinlari boshlanadi. Bu bosqichning markaziy uchrashuvlaridan biri shubhasiz «Lester» va «Liverpul» jamolari o‘rtasida kechadi
Qiziq fakt
Bu ikki jamoa Liga kubogi doirasida shu kunga qadar faqat bir marta to‘qnash kelgan bo‘lib, 31 yil muqaddam 1986 yil bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Liverpul»ning qo‘li baland kelgan — 4:1.
Italiya A seriyasi, 5-tur
Yuventus - Fiorentina (20 sentabr, 23:45, Match! Futbol 2)
Mavsumni ko‘tarinki ruhda boshlagan «Yuventus» bir tekis o‘ynay olmayotgan «Fiorentina»ni qabul qiladi. Federiko Bernardeski sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushishi mumkin.
Qiziq fakt
«Fiorentina» «Yuventus»ga qarshi turinda kechgan A Seriya doirasidagi so‘nggi beshta uchrashuvning barchasida yutqazgan, boshqa turnirlarda esa (Italiya Kubogi, Yevropa Ligasi) so‘nggi ikki uchrashuvdan buyon mag‘lubiyatga uchramagan.
















