Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada jamoat joylarida yuzni berkitish taqiqlab qo‘yildi
Shveytsariyaning Sankt-Gallen kantoni parlamenti jamoat joylarida agar bu xavfsizlikka tahdid qilsa, yuzni berkitishni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda Shveytsariyaning ATS telegraf agentligi ma'lum qildi.
Tegishli qonun loyihasi birinchi o‘qishdayoq qabul qilingan. Taqiqlov jamoat joylarida o‘z yuzini berkituvchi barchaga – burqadagi musulmon ayollardan tortib ko‘zni achishtiruvchi gazdan himoyalanib yuzini bandama bilan berkituvchi namoyishchilargacha taalluqli bo‘ladi.
Yangi qonunni mamlakat parlamentida ko‘pchilikka ega bo‘lgan Shveytsariya Xalq partiyasining hududiy bo‘limi vakillari kantondagi maktablardan birida ro‘mol o‘rab yurishga taqiqlov kiritilgandan keyin taklif qilishgan. Partiyaning jamoat joylarida burqalar kiyib yurishni taqiqlash g‘oyasi haddan ziyod qat'iy deb topilgandan keyin, u qayta ishlangan va musulmon ayollar hukumat vakillari va politsiyachilarga yuzlarini ko‘rsatishlari majburiy qilinadigan qarshi loyiha taklif qilingan.
Avvalroq partiya vakili Shveytsariyada burqalarni kiyib yurishni to‘liq taqiqlash uchun imzo to‘plashni boshlagandi. O‘tgan haftada bu g‘oya tarafdorlari 106 ming 600 ta imzo to‘plashgan. Endi bu masala umumxalq referendumiga olib chiqiladi va 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘plasa, Shveytsariya konstitutsiyasida tegishli o‘zgartirishlar qilinishiga olib keladi.
Biroq Shveytsariya hukumati hozircha mamlakatda burqa kiyishning umumiy taqiqlanishiga qarshi chiqmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
21:21 / 03.06.2026
Shveytsariyada yer ostida dunyodagi eng katta batareya qurilmoqda: u quyosh va shamoldan quvvat oladi
09:02 / 29.05.2026
Shveytsariyada vokzalda hujum: uch kishi yaralandi
21:07 / 28.05.2026