Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQŞ prezidenti Donald Trampning BMT Boş assambleyasidagi nutqiga izoh berib, Trampni Hitlerga qiyosladi. Bu haqda EFE Noticias naşri xabar bermoqda. 

Tramp BMTdagi nutqida Venesuelaning rasmiy rahbariyatini "totalirar tuzum" deb atadi. Maduro bunga javoban AQŞni tajovuzkor taşqi siyosat yuritişda ayblagan va Trampni "yangi Hitler" deb atagan. 

El Nacional naşrining ma'lum qilişiça, Maduro Lotin Amerikasi davlatlari yetakçilari bilan tuşlik vaqtida Tramp uni öldiriş bilan tahdid qilganini aytib bergan. "Agar ular men bilan qaçondir nimadir qilsalar, butun asr davomida bundan puşaymon yeydilar, çunki bizning xalq jangga tayyor böladi", deb aytgan Maduro özining Karakasdagi qarorgohi yonida ötgan "aksilimperialistik marş" vaqtida.

Tramp BMTdagi nutqida Venesuelaning rasmiy rahbariyatini "gullayotgan millatni barbod qilişda" va öz xalqini ta'qib qilişda ayblagan. U Vaşington Maduro va uning atrofiga kiritgan sanksiyalar Venesuela rivojlanişning demokratik yöliga qaytmagunça bekor qilinmasligini aytgan.