Kun.uz tahririyatiga ma'lum qilinişiça, Andijon viloyati Qörğontepa tumani hokimi Avazbek Ergaşev umumta'lim maktab öqituvçilaridan paxta mavsumida terimçilarni jalb etişni talab qilmoqda.
Xabar berilişiça, tuman hokimi har bir öqituvçidan öquvçilarining oila a'zolarini paxta terimiga çiqişga undaşni talab qilmoqda va 5 nafardan kam terimçini «ta'minlab» berolmagan maktab öqituvçisiga bosim uyuştirilmoqda.
Mazkur vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida Kun.uz muxbiri Qörğontepa tuman hokimi bilan boğlandi va quyidagi izohni oldi: «Men heç qanday talab qöymaganman yo tahdid qilmayapman. Şunçaki, bundan oldin paxta mavsumiga öz hissasini qöşiş maqsadida öquvçilarning ota-onasini terimga çiqişga tarğibot qilinglar, deb murojaat qilganmiz. Bu heç qanday majburiyat emas. Şu kunlarda ötgan yiğilişda bunday harakatga çek qöyildi», deb fikr bildirgan hokim.
Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan öqituvçining sözlariga köra, ular har kuni ota-onalarni paxta terimiga çiqişga undamoqda, aks holda kasbiy faoliyatiga putur yetişidan qörqib qolgan. Öqituvçilar jamoasi 18 centyabr kuni tuman hokimligi binosida keçki soat 22:00da yiğilgan öqituvçilarga mana şunday topşiriqni şahsan hokimning özi berganini aytişmoqda.



Eslatib ötamiz, Namangan tumani 1-maktab 3-sinf öquvçilarining ota-onalaridan paxta mavsumida terimçilarni yollaş uçun 20 ming sömdan pul talab qilinayotgani haqida Kun.uz'ga xabar berişgandi.
Ayni paytda uşbu vaziyat tuman huquqni muhozafa etiş organlari tomonidan örganib çiqilmoqda.












