Bugun, 21 sentabr kuni erta tongda taniqli şoir va tarjimon Usmon Qöçqor vafot etdi. Bu haqda Özbekiston xalq şoiri Xurşid Davron xabar berdi.
“Bugun tongda taniqli şoir va tarjimon Usmon Qöçqor vafot etdi. Inna lillahi va ilahi rojiun. Olloh rahmatiga olsin! Usmon Qöçqor yaxşi inson, iste'dodli şoir, mahoratli tarjimon edi. Heç nima da'vo qilmasdan, indamasdan ijod qildi. Garçi yuragida dardi köp bölsa-da, uni hammaga oçavermadi, faqat va faqat şe'riga işondi. Inna lillahi va ilahi rojiun. Olloh rahmatiga olsin! Döstimizning oila a'zolariga hamdardlik bildiramiz”, - deya xabar bergan Xurşid Davron.
Usmon Qöçqor 1953 yil 15 iyulida Buxoro viloyatining Şofirkon tumanida tuğilgan. ToşDUning filologiya fakultetini tamomlagan. «Hayajonga kömilgan dunyo», «Akssiz sadolar», «Uyqudagi minora», «Oğir karvon», «Çamangul», «Şirq» kabi şe'riy kitoblari naşr etilgan. «Quvğun» dostoni va «Imom Buxoriy» şe'riy dramasining muallifi. Husayn Jovidning «Amir Temur» va «Şayx San'on» dramalarini, Yusuf Samadöğlining «Qatl kuni», Anorning «Beş qavatli uyning oltinçi qavati» romanlarini özbek tiliga tarjima qilgan.
KUN.UZ tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur ta'ziya izhor etadi.

















