Turkmaniston poytaxti Aşxobod şahrida  usti yopiq inşootlardagi Osiyo Öyinlari davom etmoqda. 21 sentabr kungi musobaqalarda Özbekiston vakillari 3ta oltin, 1ta kumuş va 2ta bronza medal qölga kiritişdi.

Endilikda Özbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar soni 63taga yetdi - 10ta oltin, 17ta kumuş va 36ta bronza. Bu körsatkiç bilan Özbekiston delegatsiyasi umumiy jadvalda törtinçi poğonani egallab turibdi. Tailandlik sportçilar 21 sentabr kungi musobaqalarda 8ta medal qölga kiritib, Özbekistonni quvib ötdi.

Umumiy jadvalda mezbon-Turkmaniston terma jamoasi yetakçilik qilmoqda. Turkmanistonlik sportçilar medal jamğarişda eng yaqin ta'qibçisidan deyarli 3 barobar ustun - 149ta medal (59-43-47). Ikkinçi örindagi Eronda 52ta medal bor (16-9-27).