Qaşqadaryo viloyatidagi Muborak gazni qayta işlaş zavodida favqulodda holat yuz berdi. Kun.uz'ga ma'lum qilinişiça, yuz bergan halokatda 3 nafar işçi halok bölgan, şuningdek, tan jarohati bilan şifoxonaga yetkazilganlar ham bor.
Vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida Kun.uz muxbiri Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati, Qaşqadaryo viloyati mutasaddi vakillari bilan boğlandi. Xodimlarning aytişiça, halokatli holat yuz bergan, ammo bu iş örganilmoqda va tez orada hodisa sabablari oşkor etiladi.
Muxbir suriştiruv boşlaganiga uzoq vaqt ötganiga qaramay, Muborak gazni qayta işlaş zavodida nima yuz bergani va unda jabr körganlar böyiça rasmiy ma'lumot berilmadi.
Eslatib ötamiz, şunga öxşaş hodisa joriy yilning fevral oyida ham yuz bergandi. Unda Farğona şahridagi «Farğonaazot» korxonasida portlaş yuz berib, bir neça kişi halok bölgandi.
















