Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati Qaşqadaryo viloyatidagi "Muborak gazni qayta işlaş zavodi” MÇJda yuz bergan faqulodda holat böyiça rasmiy xabar berdi.
"2017 yilning 20 sentabr kuni “Muborak gazni qayta işlaş zavodi” MÇJ sexida gazdan propan va butan ajratiş qurilmasini tozalaş vaqtida, ehtiyotsizlik oqibatida zavod işçilaridan 4 nafari gazdan zaharlangan.
Natijada 3 nafar xodim – sex boşliği A'zam Kuliyev, operatorlar Qudrat Törayev va Umrzoq Örinov birinçi tibbiy yordam körsatilişiga qaramay voqea joyida vafot etişgan.
Operator Davron Botirov Muborak tumani markaziy kasalxonasiga yotqizilgan. Uning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.
Mazkur holatning kelib çiqiş sabablarini örganiş va bu kabi hodisalarning oldini oliş böyiça hukumat komissiyasi tuzilib, tegişli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Komissiya tomonidan vafot etganlarning oila a'zolariga barça zaruriy yordamlarni körsatiş böyiça çoralar körilmoqda”.
















