22:28 / 23.09.2017
14423

Dayjyest: Erdo‘g‘anning e'tirofi, bir yoshga to‘lgan Prezident portali, Ichki ishlar tizimidagi tayinlovlar va boshqalar

Yakunlanib borayotgan 23 sentabr, shanba kuni O‘zbekistonda va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishing.

 

O‘ZBeKISTON:

Foto: O‘zA

Kunning eng muhim yangiliklaridan biri — Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning «Hali hech bir davlat rahbari BMT minbaridan turib islom dini qadriyatlarini bu qadar jasorat bilan himoya qilmagan» deya davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasi 72-sessiyasida so‘zlagan nutqiga yuqori baho bergani bo‘ldi.

 

Kunning boshqa muhim xabar va yangiliklari:

Toshkentda 177 ming dollarni egallab olgan talonchilar ushlandi

IIV tizimida birdaniga 20 ta yangi lavozim tayinlovi ro‘y berdi

AQSh elchisi Qashqadaryo viloyati sil kasalligi shifoxonasi faoliyati bilan tanishdi

1,2 million murojaat. Virtual qabulxona bilan bir yil

Sifatsiz mebel xarid qilgan iste'molchining puli qaytarib berildi

Toshkentga yangi ISUZU avtobuslari keltirildi

 

TAHLILIY XABAR VA MAQOLALAR

Foto: Facebook/Chilonzor

Ekspert​: «Harakatlar strategiyasini amalga oshirish muddati nega 5 yil etib belgilandi?»​

Nukusda uy egalariga 2 yildan beri kadastr hujjati berilmagan, do‘konlar esa auksionga qo‘yilish arafasida

Facebook’da «Chilonzor» nomli guruh tashkil etildi, tuman hokimi murojaat bilan chiqdi

«Odam intilib yashashi kerak ekan»: farg‘onalik Zarifa Oxunjonova yordam qo‘lini cho‘zgan barchadan minnatdor

Toshkentda daydi hayvonlarni tutish maqsadida kechayu-kunduz reydlar o‘tkaziladi

 

JAHON

Foto: Reuters

Eron yangi ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini e'lon qildi

Lavrov: AQSh va Shimoliy Koreya o‘zlarini bog‘cha bolalaridek tutmoqdalar

Meksikadagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 290 nafardan oshdi

BMT qashshoq davlatlar uchun yangi bank tashkil etilganini ma'lum qildi

Yevropadagi eng yirik «arzon» aviakompaniya 2000 reysni bekor qildi

Ispaniya hukumati Kataloniyada referendum o‘tkazilishiga xalaqit bermoqchi

 

QIZIQARLI XABAR VA YaNGILIKLAR

Foto: TechCrunch

Tirnash, egish, yoqish: iPhone 8 sinovlardan o‘tkazildi

Olimlar uyqusizlikning asosiy foydasini aniqlashdi

Milliarder Jyek Ma: «Bolalarni zavodda ishlashga tayyorlashni to‘xtatish kerak»

Tabiiy ofat paytida omon qolishga yordam beruvchi kapsula o‘ylab topildi

AQSh prezidenti Donald Trampning o‘g‘li futbol o‘ynay boshladi

 

SPORT XABARLARI

Foto: FIFA

FIFA yana ikki jamoaning transfer qoidalarini buzganlikda gumon qilmoqda

APL. «Tottenhem» tarixiy natija qayd etdi

Ole-Gunnar Sulsher faoliyatidagi eng qadrli onlari, 1:0 hisobini yoqtirmasligi va boshqalar haqida

Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi jangida g‘alaba qozondi

Falkao Fransiya chempionatida noyob natija qayd etdi

Top